-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash
Mazkur darslik Yer po'stining tuzilishi va undagi deformatsiyalar, cho'kindi, magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining hamda foydali qazilma yotqiziqlarining struktura shakllari va o‘zaro munosabatlari, burmali va uzilmali strukturalar tasvirlangan geologik xarita va ularni tuzish usullari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Geologik ishlarda aerofotosurat va geofizik tadqiqot materiallarini qo‘llashga katta ahamiyat berilgan. Geologik xaritalash ishlari tashkiliy, dala va kameral ishlar bosqichlarining maqsadlari va vazifalari hamda O‘rta Osiyo mintaqasiga taluqli murakkab geologik tuzilishdan kelib chiqqan holda, xaritalashda dala izlanishlarining xususiyatlari ko‘rsatilgan. Geologik xaritalashning turli usullari yoritilgan.
-
Социальная философия
Книга рассчитана для студентов, аспирантов, преподавателей высшей школы и для всех интересуюшихся данной проблематикой.
-
Педагогика
Мустақиллик шарофати туфайли бошқа фанлар қатори педагогика фани равнақида ҳам буюк бурилиш ва ўзгаришлар содир бўлди. Бу шу фанни миллий тарбия асосига қуриш билан боғлиқдир. Мазкур дасрликда аждодларимиздан мерос бўлиб қолган тарбия анъаналари ва ақидалари, метод ва йўл-йўриқлари назарий жиҳатдан таҳлил қилинган.
-
Pedagogik texnologiya
Darslikda Pedagogik texnologiya kursining nazariy metodologik asoslari uning loyihalash asoslari yoritilgan. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining nazariyasi va loyihalash tartibi keltirilgan.
-
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Ushbu darslik dasturga mos ravishda yozilgan bo`lib, talabalarga odam organizmi, organlari va to‘qimalarining tuzilishi, a’zolarining asosiy sistematik guruhlari kelib chiqishi vu rivojlanishi, organlar faoliyati va kasalliklarning kelib chiqishi sabablari haqida ma`lumotlar beradi.
-
O'simlikshunoslik
Darslik qishloq xo`jaligi fanlari bilan shug'ullanuvchi bir guruh olimlar tomonidan oliy о‘quv yurtlari talabalari uchun ilk bor mintaqaviy darslik sifatida yaratildi. Uni yozishda ко‘p yillik tajriba asos qilib olindi. Mualliflar tomonidan olib borilgan ilmiy kuzatishlar kitobning asosini tashkil etdi. Darslik о‘zbek tilida birinchi marta bunday to‘liq va mahalliy sharoit hisobga olingan holda bosmaga tayyorlangani uchun о ‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.
-
Ona tili o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o'rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikasi, fonetika, gragika, grammatika, so‘z yasalishi, imlo o'qitish metodikasi; va o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish metodikasi ta ’lim oldiga qo'yilgan zamonaviy talablar asosida bayon qilingan.
-
Ona tili didaktikasi
Ushbu darslikda ona tili didaktikasining tamoyillari xususida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, ona tili ta'limi metodlari, ona tili ta’limining o'ziga xos xususiyatlari, lingvistik mashq va ularning tiplari, ona tilidan dars tiplari, ta'lim texnologiyasi, ta'limni optimallashtirish, shuningdek, ona tilini ta’lim etaloni vositasida loyihalash kabi masalalari о‘z ifodasini topgan.
-
Ona tili
Bu darslik oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich ta'lim metodikasi, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta'lim kabi nofilologik fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Matematika
Ushbu darslik matematika fanining birinchi qismi-chiziqli algebra va analitik geometriyadan 1-semestrdagi ma'ruzalarga mos keladi.
-
Maxsus pedagogika
Muallif ushbu darslikda oligofrenopedagogika fanini o'qitish uslubiyati tarbiyavi ahamiyati maqsad va vazifalar uni o'qitishning o'ziga xosligi haqida fikir yuritadi.
-
Pedagogika tarixi
Bu o'zbek pedagogika tarixining yangi-yangi sahifalarning ochilishiga sabab bo'lgan.
-
Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar
Ushbu darslik pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining «Biologiya» bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, ularning raqobat bardoshligini ta’minlash, pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan zamonaviy metodik bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga imkon beradigan biologiya ta’limi jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o'qitishni differensiallashtirish va individuallashtirish, rivojlantiruvchi ta’lim, didaktik o'yin, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda o'qitish, loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari o'rin olgan.
-
Anatomiya 2-jild
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy amaliyot shifokori tayyorlash o`quv dasturi asosida yozildi. Darslik tibbiyot inistitutlarining barcha yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Unda kattalar anatomiyasi bilan birga a`zo va tizimning taraqqiyoti, bolalikning turli davrlarida kuzatiladigan yoshga xos o`zgarishlari haqidagi ma`lumotlar ham kiritilgan. Lotin atamalari xalqaro anatomik terminalogiyaga mos. Darslik ikki jilddan iborat bo`lib, II jildiga siydik-tanosil apparat endorlin bezlar, yurak qon tomirlar tizimi, markaziy va periferik nerv tizimlari shuningdek sezgi a`zolari haqidagi ma`lumotlar kiritilgan.
-
Vektor va tenzor tahlil
"Vektor va tenzor tahlil" darsligi oliy o`quv yurtlarining fizika va astranomiya yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun bu fanning tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida yaratilgan. Darslikda Vektor va tenzor tahlili kursiga oid asosiy tushuncha va tasdiqlar yoritilgan bo`lib, ularning fizik mazmuni va tadbiqlari ko`rstilgan. Mavzular bo`yicha talabalar mustaqil ishi uchun topshiriqlar va ularni Maple tizimida yechish texnologiyasi ham berilgan.
-
Umurtqalilar zoologiyasi
Darslik O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan universitet va pedagogika oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi biologiya yo‘nalishi talabalari uchun tuzilgan yangi o`quv rejalari va o`quv dasturlariga mos holda qayta to'ldirildi. Darslikda umurtqalilar zoologiyasi o'quv predmetining maqsadi va vazifalari, xordalilarning umumiy tavsifi. MDHda va shu jumladan, O’zbekistonda o'rganilishining qisqacha tarixi. xordali hayvonlarning xilma-xilligi, ularning tashqi va ichki tuzilishi. tarqalishi, biologik xususiyatlari, ekologiyasi hamda kelib chiqishiga oid ma'lumotlar berilgan.