-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Справочник конструктора-машино-строителя
Во втором томе приведены справочные сведения по расчету и конструкциям осей, валов, подшипников скольжения и качения, муфт, зубчатых червичных, винтовых, цепных, клиноременных пнредач
-
Seysmologiyaga kirish 2-jild
Kitobga yangi materiallar va yangilanishlar qo‘shilgan bo‘lib, ularga muhit shovqini usul- lari, siljish to‘lqinlarining bo‘linishi, ort proyeksiya, ko‘chish va aks seysmologiyasida tezlik tahlili, zilzila darzliklarining yo‘nalganligi va yoriqning zaiflashish mexanizmlari kiradi. Qayta ishlangan va yangi misollar, qayta ko‘rib chiqish savollari hamda MATLAB/Python asosidagi kompyuter mashqlari ko‘plab kiritilgan bo‘lib, talabalar o‘rganilgan texnikalami qo‘llab, qiziqarli natijalarni hisoblash va yerning seysmik xususiyatlarini tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Murakkabroq bo‘limlar alohida belgilangan bo‘lib, ular asosiy mazmunni tushunish uchun shart emas, shuning uchun vaqti cheklangan o‘qituvchilar yoki talabalar ulami o‘tkazib yuborishlari mumkin.
-
State of the Nation Address of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to the Oliy Majlis and the People of Uzbekistan
My fellow citizens! Honorable representatives and senators! Esteemed guests! Today, while addressing the Oliy Majlis and our multiethnic people, I am first of all delighted to see you all in sound health and good spirits.
-
Geoinformatika: metodlar va qo'llanilish sohalari
Geoinformatika kartografiya, geologiya va geografiya fanlari infratuzilmasi sohasidir. Ushbu soha fazoviy ma'lumotlarni olish, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarga asoslangan. Geoinformatika tadqiqotlarida geofazoviy tahlil va modellashtirish, axborot tizimini loyihalash, geofazoviy ma'lumot bazalari, inson va kompyuter o'zaro ta'siri kabi sohalardan foydalaniladi. Geoinformatikada geoma'lumotni tahlil qilish uchun geovizualizatsiya va geokompyuterdan ham foydalaniladi. Geoinformatika sohalari xilma-xildir: sog'liqni saqlash, shaharsozlik va yerdan foydalanishdan tortib meteorologiya, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitni modellashtirish va tahlil qilishgacha.Geoinformatika sohasi jadal rivojlanmoqda va ko'plab sohalarda qo'llanilmoqda. Ushbu kitob nazariya va tadqiqotdan tortib amaliy qo'llanilishgacha bo'lgan barcha dolzarb mavzularni qamrab olgan. Maqsad talabalar va mutaxassislarni ushbu sohadagi zamonaviy mavzular va istiqbolli rejalar bilan tanishtirishdir.
-
Vaqtli qatorlar tahlili bo‘yicha masalalar to‘plami
“Vaqtli qatorlar tahlili” hamda “Ekonometrika” fanlaridan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Iqtisodiyot”, “Ekonometrika”, “Matematik iqtisodiyot” kabi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
-
-
Tarmoq texnologiyasi va jihozlari (Paxtani dastlabki ishlash)
Ushbu o'quv qo'llanmada "Tarmoq texnologiyasi va jihozlari" fani bo`yicha paxtachilikni rivojlantirish bosqichlari, g'o'za o'simligi va uni yetishtirish, paxta tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilishni tartibi, paxta uchun davlat standartlari, paxtaning namligini aniqlash, paxtaning iflisligini aniqlash, soha korxonalaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar, uskunalarni ta'mirlash bo`yicha ma'lumotlar keltirilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Ўзбек адабий тили тарихи
Мазкур қўлланмада ўзбек адабий тилининг қадимги илк шаклланиш давридан ҳозирги ўзбек адабий тилигача бўлган та рихий жараён қисқача ёритилиб берилган. Унда умумхалқ ўзбек тилининг шакллари, ўзбек адабий тили ва унинг услублари, улар-нинг тарихий шаклланиш жараёни ва бу жараёнда муҳим роль ўйнаган ёзма манбалар ҳақида батафсил маълумотлар ўз акси ни топган,
-
Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining Pedagogika tarixi bo'yicha seminar mashg'ulotlari uchun tuzilgan mazkur o'quv qo'llanmadagi mavzularning har biri o'ziga xos yondashuv asosida --chizmalar, jadvallar va turli eslatmalar orqali berilgan uchun ular o'qituvchi va talabalarning foydalanishga qulaylik tug'diradi. O'quv qo'llanma Pedagogika tarixi fanining dasturi asosida seminar mashg'ulotlar rejasiga mo'ljallab tuzilgan.
-
Tuproqshunoslik
Tuprоqshunоslik va agrоkimyо majburiy fanidan о‘quv qо‘llanma Agrotuprоqshunоslik va melioratsiya kafеdrasi dоtsеnti B.Е.Xоlbоyеv tоmоnidan yоzilgan bо‘lib, unda tuprоqning kеlib chiqishi, tuzilishi, tarkibi, xоssalari, ulardan оqilоna fоydalanish va muhоfaza qilish bilan bоg‘liq bо‘lgan masalalar: tuprоqshunоslik fanining rivоjlanish tarixi, tuprоq paydо bо’lish jarayоnining umumiy sxеmasi va tuprоq prоfilining shakllanishi, mеxanik еlеmеntlar va tarkibi, tuprоq strukturasi va uning turlari, tuprоqning nam sig’imi, tuprоqning suv о’tkazuvchanligi va havо xоssalari, issiqlik xоssalari, tuprоq kimyоviy tarkibi va оrganik qismini hоsil bо’lishi, unumdоrlik va uning turlari, tuprоq kоllоidlari va shu kabi tоpshiriqlar bеrilgan.
-
Nazariy mexanika masalalarini mathcad programmasidan foydalangan holda yechish
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining texnologik mashina va jihozlar, texnologlar va kasbiy ta’lim sohalari bo‘yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada nazariy ma’lumotlar bakalavriatura talablaridan kelib chiqqan holda qisqacha bayon qilingan bo‘lib, mexanikaning statika bo‘limidagi tekislikda joylashgan kuchlarni qo‘shish va muvozanat shartlari fazodagi kuchlar sistemasining xususiy holi sifatida yoritilgan; kinematika bo‘limidagi kinematik kattaliklar avval vektor usulida berilib, so‘ngra koordinata va tabiiy usulda keltirib chiqarilgan; dinamika bo‘limida esa qattiq jism va moddiy nuqta dinamikasining umumiy teoremalari xususiy hol sifatida bayon etilgan.
-
O'zbek adabiy tili tarixi
"O'zbek adabiy tili tarixi" o'quv qo'llanmasi 5120 giya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi bo olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Unda qadimgi dav asr boshlarigacha yaratilgan badiiy, tarixiy, ilmiy, le asarlar tiliga xos xususiyatlar, o'zbek adabiy tilining bosqichlari, adabiy til rivojiga ijtimoiy-tarixiy voqeala masalasi, adabiy til uslublari haqida so'z boradi. Ma qo'llanmani yozishda o'zbek tili tarixi bo'yicha to'plan lar, mavjud qo'llanma va kitoblardagi materiallardan foydalanildi.Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz, mustaqil davlatchiligimiz timsoli, buyuk qadriyat sanaladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari, ming yillik dostonlarimiz, alla va laparlarimiz hamda yozma manbalarimiz buning yorqin dalilidir. Qolaversa, o'zbek tilining tarixi xalqimiz-ning ko'p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bir so'z bilan aytganda, ajdodlarimiz ona tilimiz orqali jahonga o'z so'zini aytib kelganlar, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
-
Sanoat sohalari texnologiyasi
O'quv qo'llanma quyidagilarni o'z ichiga oladi: paxta g'o'zasi, uning hosildan olinadigan mahsulotlar, paxtani qabul qilish va saqlash; paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonalari to'g'risida malumot; paxtani quritish, mayda va yirik iflosliklardan tozalash jarayoni: paxtadan tolasini va momiqni ajratish, tozalash texnologiyasi; tolali mahsulotlarni toylash va ularning sifatini nazorat qilish.
-
Aniqmas va aniq integral, qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar hamda differensial tenglamalar
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanmada aniqmas va aniq integral, qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar hamda birinchi va yuqori tartibli differinsial tenglamalar haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
-
Essentials of investments: Second Edition
This edition incorporates several improvements suggested by past users of the text. These changes are organizational as well as pedagogical and are designed to make this edition easier for students to use. We have reorganized and streamlined parts of the text to make it more accessible to students.
-
Organik kimyo
Organik kimyosdan o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining kimyo va biologiya yo'nalishlari uchun mo'ljallangan dastur asosida yozilgan bo'lib, dasturga ko'ra organik kimyo kursiga tegishli laboratoriya mashg'ulotlarini, nazariy qismni va nazorat savollarini o'z ichiga oladi.Ushbu o'quv qo'llanma institutning kimyo o'qitish metodikasi yo'nalishi talabalari uchun tasdiqlangan, organik kimyo o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, asosiy maqsad laboratoriya mashg'ulotlarini talabalar tomonidan osonroq o'zlashtirilishiga qaratilgan, ayniqsa mustaqil bajariladigan laboratoriya tajribalarni sifatli uyushtirish uchun, reaktiv, asbob va kimyoviy idishlar bilan ishlashdan tashqari virtual tarzda ko'rib o'zlashtirishlariga yaqindan yordam berish.