-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
Yer tuzish asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer tuzishning maqsadi va vazifalari, uning turlari, amalga oshirilish usullari hamda yer islohoti masalalari yoritilgan.
-
Tuproqni xaritaga tushirish
Mazkur o’quv qo’llanmada yer yuzida tuproqlar joylashishining asosiy qonuniyatlari, dala sharoitida tuproqlarni o’rganib xaritaga tushirishga tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish yoritilgan. Shuningdek, tuproq haritalari va kartagrammalarini tuzishning nazariy qonuniyatlari, mexanizmlari hamda qishloq xo'jaligida ulardan foydalanish yo'llari bayon etilgan.
-
«Tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish» fanidan o’quv - qo’llanma
O'quv qo'llanma 5141000 - Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida talim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish fani predmeti va metodlari, tuproqni dalada tekshirishga tayyorgarlik, dala ishlarini bajarish, tuproq haritalari va kartogrammalarini tuzish, hamda kameral ishlarni bajarishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
-
Tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish
Mazkur o'quv qo'llanma qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining agrokimyo va agrotuproqshunoslik mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish masalalarini yoritadi.
-
Qishloq xo'jalik ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik ekinlari kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tasnifi, qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarning biologiyasi va sistematikasiga bag'ishlangan. Shuningdek, ayrim qishloq xo'jalik o'simliklarida uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan. Magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Sabzavot, kartochka hamda poliz ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash
O'quv qo'llanmada dalalar va issiqxonalarda uchraydigan sabzavot, kartochka hamda poliz ekinlari kasalliklarining tashqi belgilari, ularning keng tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo'luvchi omillar, hosilga ta'siri, qo'zg'atuvchilarning tashxislari hamda kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari bayon etilgan. Kitob agronomiya, o'simliklar himoyasi va karantini yo'nalishlari talabalari, magistrlari, ilmiy xodimlar hamda soh mutaxassislari, fermerlar va dehqonlarga mo'ljallangan.
-
Tuproqlar rekultivatsiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma
Uslubiy qo‘llanmada “Tuproqlar rekultivatsiya” fani bo‘yicha bajariladigan laboratoriya ishlarining mazmuni, turlari, kimyoviy moddalarni aniqlash metodlari, tuproqlarni analizga tayyorlash va turli texnogen buzilgan tuproqlarda umumiy azot, fosfor, kaliy miqdorini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Qo‘llanma 5A141001 - Tuproqshunoslik magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Tuproqshunoslik fanidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu o’quv qo’llanma tuproqning eng muhim fizikaviy, fizik-mexanikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish, ularni aniqlashga oid ma’lumotlar hamda laboratoriya mashg’ulotlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada tuproqni dalada tekshirish metodikasi, tuproqlar geografiyasi, tuproq eroziyasi va tuproqni bonitirovkalash masalalari yoritilgan.
-
Mаshinа vа mexаnizmlаr dinаmikаsi
Ushbu o'quv qo'llanma “Mashina va mexanizmlar dinamikasi” fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlarining 5A320302 – “Mashinashunoslik” ta'lim mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika institutlari uchun nazariy mexanika bo'yicha belgilangan programma asosida yozilgan. Unda kinematika, statika, dinamika va analitik mexanikaning asosiy tushunchalari, qonun-qoidalari bayon etilgan va ularga doir misol-masalalar yechilgan.
-
Nazariy mexanika (statika, kinematika)
O'quv qo'llanma nazariy mexanika fanining "Statika" va "Kinematika" bo'limlariga bag'ishlangan bo'lib, statikaning qonun-qoidalari va kinematikaning asosiy mavzulari batafsil yoritilgan. Har bir bobdan so'ng takrorlash uchun savollar keltirilgan va masalalar yechib ko'rsatilgan. Qo'llanma "Muhandislik va muhandislik ishi" yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining qurilish, muhandislik, suv xo'jaligi, transport va kasbiy ta'lim sohalari bo'yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar qisqacha bayon qilingan bo'lib, statika, kinematika va dinamika bo'limlari asosiy qonuniyatlari yoritilgan va ko'plab amaliy masalalar keltirilgan.
-
Mexanika (MQ, MMN, MD). 2-Qism. Mexanizm va mashinalar nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanma mualliflarning “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” fani yo'nalishida olib borgan ko'p yillik ilmiy va pedagogik faoliyatlari natijasining mahsulidir. Qo'llanmada fanning qisqacha rivojlanish tarixi, mexanizmlarning strukturaviy, kinematik, dinamik tahlillari va ularning sintez masalalari qamrab olingan.
-
Mаshinа vа mexаnizmlаr dinаmikаsi
Ushbu o'quv qo'llanma “Mashina va mexanizmlar dinamikasi” fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlarining 5A320302 – “Mashinashunoslik” ta'lim mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan doktorantura, ilmiy xodimlar, mashinasozlik sohasi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Kompyuterda loyihalash (3D Max grafik dasturi)
Mazkur o'quv qo'llanma “Kompyuterda loyihalash” (3d max grafik dasturi) fanidan xozir amal qilinayotgan namunaviy dastur asosida yozilgan. Qo'llanmada 3ds Max grafik dasturining ish oynasi, interfeysi, menyular paneli, proyeksiyalar oynalari va buyruqlar paneli haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
AutoCAD
Ushbu o'quv qo'llanmada “Kompyuterda loyihalash” fanining bir qismi bo'lgan AutoCAD grafik dasturiga tegishli ma'lumotlar keltirilgan. Dasturning boshlang'ich kursi, ishchi stoli, buyruqlari, primitivlar va ulardan foydalanish algoritmlari qisqa hamda aniq yoritilgan.