-
Qishloq xo‘jalik melioratsiya va yer tuzish fanidan amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari
O'quv qo'llanmada ekinlarni sug'orish asoslari, melioratsiya va yer tuzish fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari keltirilgan bo'lib, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq namligini aniqlash, sug'orish rejimi va geodezik o'lchash ishlari yoritilgan.
-
Ўсимликлар карантинининг умумий асослари
Ushbu o'quv qo'llanma “O'simliklar карантинининг умумий асослари” fanidan o'quv rejasiga va dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, fanning vazifasi, maqsadi, O'zbekiston Respublikasining o'simliklar karantini to'g'risidagi qonuni va uning mohiyati, karantindagi zararkunandalar hamda ularga qarshi karantin kurash tadbirlari to'g'risida qisqacha ma'lumotlar berilgan.
-
Gigiyena. Tibbiy ekologiya
O'quv qo'llanma tibbiyot oliy o'quv yurtlariga mo'ljallangan bo'lib, bo'lajak shifokorning atrof-muhitning tabiiy va ijtimoiy sharoitlarini belgilaydigan noqulay omillar majmuining aholi salomatligiga ta'sirini baholashi, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishi, inson uchun eng maqbul yashash, mehnat qilish, ovqatlanish va dam olish bo'yicha gigiyenik bilimlarni shakllantirishiga qaratilgan. Shuningdek, qo'llanma inson gigiyenasi va ekologiyasi bo'yicha to'liq va dolzarb ma'lumotlarni o'z
-
Fitopatologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari
Mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining 60810700 - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari va ularning biologik xususiyatlari amaliy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lib, laboratoriya sharoitida ekin kasalliklarini o‘rganish keltirilgan.
-
Karantin begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari
O'quv qo'llanmada Respublikada karantin begona o'tlarning nazoratni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, o'tkazish muddatlari, turlarining botanik tasnifi, tarqalishi va ularga qo'llaniladigan karantin tadbirlarini amalga oshirish, ekin dalalarini fitosanitar nazoratlardan o'tkazish va rasmiylashtirish tartibiga oid uslubiy tavsiyalar berilgan.
-
Ekinlar zararli organizmlari rivojlanishi va tarqalishining bashorati
Қo'llanmada qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalari, kasallik qo'zg'atuvchilari va begona o'tlarning tarqalishi, rivojlanishi hamda zararlilik darajasini bashorat qilish, kuzatish ishlarini o'tkazish usullari bayon etilgan. Shuningdek, bashorat punktlarining zarur hujjatlari va faoliyati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари
Мазкур ўқув қўлланма мулоқот тизимини система сифатида таҳлил этишнинг баъзи тамойил ва усулларини ёритишга бағишланган бўлиб, нисбатан янги ҳисобланган ўзбек прагматикаси соҳаси билан қизиқувчи лингвист мутахассисларга мўлжалланган.
-
Tilshunoslik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada oliy ta'lim Davlat ta'lim standartlari talabiga binoan 5120100 – Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi bo'yicha sirtqi ta'lim bakalavriaturada tahsil oladigan talabalarga o'qitilayotgan «Tilshunoslik nazariyasi» fanini o'zlashtirishning zamonaviy va qulay usullari ko'rsatilgan bo'lib, talabalarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Mazkur o'quv qo'llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, elektroenergetika fanining deyarli barcha bo'limlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada o'quv materiali "Tajriba — nazariya—amaliyot" uslubida bayon qilingan bo'lib, talabalarning mustaqil fikr yuritish faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan.
-
Комплекс анализ (Маърузалар)
Mazkur o'quv qo'llanma matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash o'quv rejasining asosiy fanlaridan biri — kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasiga bag'ishlangan. Unda kompleks sonlar, kompleks o'zgaruvchili funksiyalar limiti, uzluksizligi, golomorf funksiyalar, elementar funksiyalar va integrallar bayon etilgan.
-
История религии
Учебное пособие посвящено истории религии, раскрывает исторические закономерности развития религиозных верований от древнейших форм до мировых и национальных религий. Издание предназначено для студентов вузов, аспирантов, преподавателей и всех интересующихся религиоведением.
-
МЕТОДИКА НАЛАДКИ И ПРОГРАММИРОВАНИЯ ТОКАРНОГО СТАНКА С ЧПУ, ОСНАЩЕННОГО СИСТЕМОЙ FANUC
В учебном пособии рассмотрена методика разработки управляющих программ и наладки токарного оборудования с ЧПУ, оснащенного системой Fanuc, с использованием лабораторного токарного станка с ЧПУ и интерактивного учебного класса. Пособие предназначено для бакалавров, обучающихся по направлениям подготовки 12.03.01 «Приборостроение» и 15.03.04 «Автоматизация технологических процессов и производств».
-
Tuproq biologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning tuproq biologiyasi fanidan olgan nazariy bilimlarini laboratoriyada mustahkamlashga bag‘ishlangan. Unda laboratoriyada ishlash qoidalari, har bir laboratoriya ishi uchun tartib va nazorat savollari keltirilgan.
-
Qishloq xo‘jalik entomologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Ushbu o‘quv qo‘llanmasida qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalarini qisqacha ta‘rifi, bioekologiyasi, tuzilishi va zarari haqidagi amaliy ma‘lumotlar keltirilgan. Har bir laboratoriya mavzusiga oid topshiriqlar, preparatlar, zarur jihozlar va topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan. Qo‘llanma qishloq xo‘jalik entomologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan.
-
O'simliklarni biologik himoya qilish
O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi ekinlarini zararli organizmlardan biologic himoya qilish usullari, mikroorganizmlar, entomofaglar va akarifaglar, ularni laboratoriya sharoitida ko'paytirish texnologiyalari yoritilgan. Oliy o'quv yurtlari talabalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va qishloq xo'jaligi xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Қишлоқ хўжалик экинларининг зараркунандалари, касалликлари ва уларни ҳисоблаш ҳамда тарқалишини башорат қилиш
Ушбу ўқуv қўлланма қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртлари талабаларига, илмий тадқиқот институтлари олимлари, республика, вилоят ва туман ўсимликларни ҳимоя қилиш марказлари ҳамда фермер хўжалиги раислари учун мўлжалланган. Қўлланмада қишлоқ хўжалик экинлари зараркунандалари ва касалликларининг тарқалиши, ривожланиши ҳамда уларни ҳисоблаш ва башорат қилиш усуллари батафсил ёритилган.