-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
English around the world
The texts self-study is based on economic matters to develop the students basic economic literacy.
-
Fermentlar ingeneriyasi
Darslik fermentlar, fermentlarning umumiy xususiyatlari, klassifikatsiyalari, fermentlarning turli sohalarda qo„llanilishi, mikroorganizmlar fermentlari, mikroorganizmlar asosida fermentlar ishlab chiqarish texnologiyasi, fermentlar immobilizasiyasi va tozalash.
-
G'ulom Zafariy
O'zbek jadid adabiyoti tarixini G'ulom Zafariy ijodisiz tasavvur etish qiyin. Zero, o'zbek adabiyotida musiqali drama janri va bolalar dramaturgiyasining vujudga kelishi bevosita uning nomi bilan bog'liq.
-
OʻZBEK TILI TARIXI
«Oʻzbek tili tarixi» darsligi 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Unda qadimgi turkiy tilning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, ko‘hna davrlardan XX asr boshlarigacha yaratilgan badiiy, tarixiy, ilmiy, leksikografik asarlar tiliga xos xususiyatlar, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari, adabiy til rivojiga ijtimoiy-tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari haqida fikr yuritiladi. Mazkur darslikni yozishda o‘zbek tili tarixi bo‘yicha to‘plangan tajribalar, mavjud qo‘llanma va kitoblardagi materiallardan foydalanildi.
-
O‘ZBЕKISTON TАRIХI
Ko‘p jildlik «O‘zbеkistоn tаriхi vа mаnbаlаri» turkumidа nаshr qilinаyotgаn jаmlаnmаning qo‘lingizdаgi sаkkizinchi jildidа O‘zbеkistоn hududidа hаrbiy sаn’аtning shаkllаnishi vа rivоjlаnishi, uning eng qаdimgi dаvrlаrdаn hоzirgаchа tаkоmillаshuv jаrаyoni, hаrbiy mаhоrаt, mudоfаа sаlоhiyatining shаkllаnish bоsqichlаri tаriхiy dаlillаr аsоsidа yoritildi. Kitоbdа milliy hаrbiy sаn’аtning tаriхi оbyеktiv tаrzdа, yangichа yondаshuv hаmdа milliy mаnfааtlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа bаyon etildi. Ushbu аsаr o‘tmishni o‘rgаnish vа yoritishdа butunlаy yangichа munоsаbаt – sivilizаtsiyaviy-sulоlаviy yondаshuv аsоsidа yozilgаni bilаn аjrаlib turаdi. Kitоb kеng kitоbхоnlаr оmmаsi uchun mo‘ljаllаngаn.
-
Sahna nutqi fanini o'qitish metodikasi
Oʻzbek tilining nufuzini oshirish, uning qoidalariga amal qilish, oʻzaro soʻzlashuvlarda tilimizning goʻzalligini saqlab qolish, sahna ijodkorlarida nutqning goʻzalligini targʻib qilish, buning uchun esa fanning metodikasini yaxshi bilish bugungi kun pedagogining zimmasida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
-
Psixologik maslahat
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari pedagogika va psixalogiya yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun o'quv qo'lannma sifatida tavsiya etiladi.
-
Terapiyada hamshiralik ishi fani bo'yicha darslik
Terapiyada hamshiralik ishi fanining maqsadi - eng ko‘p uchraydigan ichki a’zolar kasalliklarida bemorlarga ilmiy yondoshilgan parvarish usullarini olib borish, hamshiralik jarayoni asosida zamonaviy yordam ko‘rsatish, vrach ko‘rsatmalarini mas’uliyat bilan bajarish, aniq hamshiralik tashxisini qo‘yish va hamshiralik yozuvlarini sifatli yuritishni o‘rgatish hisoblanadi. SHuning uchun Respublikamizda ilk bora lotin alifbosida oliy ma’lumotli hamshiralar uchun “Terapiyada hamshiralik ishi” darsligi yaratildiki, bunda turli ichki kasalliklar haqida malumotlar, kasalliklarning kelib chiqishi, simptomlari va sindromlari, hamshiralik jarayonining davolashdagi roli, parvarishlashning zamonaviy modellari asosida parvarish metodlarini olib borishni bakalavr hamshiraga o‘rgatadi. Terapevtik bemorlar parvarishini tashkil etishda hamshiralik jarayonini bayonnomasini ahamiyatini, hamshiralik kasallik tarixining ham tibbiy, ham yuridik hujjat sifatida ahamiyatini, bemorga qanday parvarish zarurligini aniqlash uchun uning muammo va extiyojlarini aniqlashda hamshiralik jarayonining ahamiyati, parvarish rejasini tuzish va uni samaradorligini aniqlash, hamda hamshiralik tashxisini asoslash kabi masalalar yoritilgan.
-
Ma'lumotlar bazasi
Darslik talabalarga malumotlar bazasining asosiy tushunchalari ularning tuzilmasi mohiyat aloqa diagrammasini qurishni orgatadi.
-
Sport Biomexanikasi
Darslikda odam harakat apparatining ishini tushunish uchun zarur bo‘lgan mumtoz biomexanika sohasidagi ma’lumotlar bay on qilingan. Umuman odam gavdasi va lining alohida bo‘g‘inlari harakatlarining kuch va energetik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Jismoniy tarbiyaning, sport trenirovkasining an’anaviy vositalarini qo‘llash bilan noan’anaviy biomexanik texnologiyalar va mashqni bajarish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harakat samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan.
-
Genetika va evolyutsion ta'limot
Ushbu darslik tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, unda gеnеtikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadqiqot mеtodlari, organizmlar ko’payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko’payish, urug’lanish, irsiyat qonunlari, jins gеnеtikasi va jinsga bog’liq holda irsiylanishi, bеlgilarning birikkan holda irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allеl bo’lmagan gеnlarning o’zaro ta'sirida bеlgilarning rivojlanishi, sitoplazmatik irsiylanish, o’zgaruvchanlik, uning tiplari, irsiyatning moddiy asoslari, ontogеnеz gеnеtikasi, populyatsiya, xulq-atvor gеnеtikasi, odam gеnеtikasi, gеnеtik injеnеriya, biotеxnologiya hamda gеnеtikaning amaliy ahamiyati yoritilgan, hamda klassik gеnеtika, hozirgi zamon molеkulyar gеnеtika o’z ifodasini topgan. Darslikka kiritilgan jadvallar, rasmlar talabalar tomonidan fan mazmunini puxta o’zlashtirilishida ko’maklashadi. Darslik so’ngida atamalar lug’ati va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bеrilgan.
-
Umumiy pedagogika va psihologiya
Mazkur darslikda ''Umumiy pedagogoka va psixologiya'' fanining mavzulari bo'yicha asosiy malumotlar kiritilgan. Darslik mavzulari 2 bo'limdan iborat: " Umumiy pedagogika", "psixologiya".
-
Umumiy pedagogika
Mazkur darslik barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy Pedagogika” fani bo‘yicha bo‘lajak pedagoglar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
Genetika va Evolyutsion ta'limot
Nima sababdan har bir tirik mavjudot urchish jarayonida o’ziga o’xshash formalarni hosil etadi degan masala qadimdan kishilarni qiziqtirgan bo’lsada, ming yillar davomida u jumboq bo’lib qoldi. Faqat keyingi asrda bu masalaga tabiyoshunos olimlar birmuncha oydinlik kiritdilar, natijada biologiyaning yangi shaxobshasi bo’lmish genetika fan sifatida shakllandi. Bu esa barcha tirik organizmlarga xos irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi bilimlarni kengayishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmida o’z tadqiqotlariga fizika, kimyo, matematika fan metodlarini joriy etish tufayli genetika biologiyaning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan sertarmoq sohasiga aylanadi. U o’simlik hayvonlarni belgi xossalarinigina emas, balki odamlardagi belgi xossalarning ham irsiylanishini o’rgandi. Odamlarda 5000 ga yaqin kasallik ota-onadan kelgusi nasllarga berilishi qonuniyatlari kashf etildi. Farzandlarimizni sog’lom tug’ilishi ko’p jihatdan keng aholi, ayniqsa yoshlar orasida genetik bilimlarni tarqatish, genetik savodxonlikni oshirish bilan uzviy aloqador. Bu masalani ijobiy hal etishda maktab biologiya o’qituvchilarning roli beqiyos. Bo’lajak o’qituvchilarga bu sohada ko’mak berish maqsadida qo’lingizdagi darslik yaratildi. Uni yozishda mualliflar o’zlarining ko’p yillik pedagogik tajribalariga hamda chet ellarda nashr etilgan adabiyotlarga asoslandilar.
-
MATNSHUNOSLIK
Ming yillar davomida eski о’zbek yozuvida yaratilgan boy, adabiy, ilmiy merosimizni о’rganish manbashunoslik va matnshunoslik fanining muhim va dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu jihatdan filologiya va tillarni о’qitish (о’zbek tili) ta’lim yо’nalishida matnshunoslik fanining о’qitilishi boy merosimizni о’rganishda ahamiyatga kasb etadi. Chunki bо’lg’usi talaba matnlarni, asl manbalarni о’rganmasdan turib yetuk mutaxassis darajasiga yetolmaydi. Filologiya fanlari nomzodlari J.Maxmudov va A.Ubaydullayev hamda filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori S.Umarovalar tomonidan tayyorlangan ushbu о’quv -qо’llanma talabalarga matnshunoslik fani bо’yicha malaka va kо’nikmani shakllantirishga qaratilgan. Qо’llanma fan о’quv dasturi mavzularini qamrab olgan. Mazkur о’quv qо’llanma “Matnshunoslik” fanidan 5120100 – Filologiya va tillarni о’qitish (о’zbek tili) ta’lim yо’nalishi uchun mо’ljallangan va Davlat ta’lim standarti talablariga tо’la javob beradi.
-
Эволюцион таълимот
Ушбу дарслик кейинги йилларда нашр қилинган дастур асосида ёзилганбўлиб, уч қисмдан иборат. Биринчи бўлимда эволюцион ғояларнинг пайдо бўлиш тарихи, иккинчи бўлим Ч.Дарвиннинг эволюцион таълимоти ва унинг ривожлантирилишига бағишланган. Эволюцион таълимотнинг долзарбмасалалар – ҳаёт, унинг пайдо бўлиши, ривожланиши, эволюцион жараённигенетик ва экологик асослари, эволюциянинг ҳаракатлантирувчи омиллари,микро ва макроэволюция дарсликнинг учинчи бўлимидан ўрин олган.Мазкур масалаларни ёритишда фаннинг кейинги ютуқлари эътиборгаолинган ва кўп мавзулар мазмунга мос равишда махаллий материаллар билан ёритилган. Дарслик олий ўқув юртлари биология ихтисослиги бўйичаталабалари учун тайёрланган.