-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Ўзбекистон — бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли
Китобда Ўзбекистоннинг бозор иқтисодиётига ўтиш бўйича ўзига хос миллий модели, ижтимоий-иқтисодий ислоҳотларнинг мазмуни, давлатнинг иқтисодиётдаги роли ва ўтиш даврининг ўзига хос хусусиятлари илмий ҳамда амалий жиҳатдан таҳлил қилинган.
-
Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда
Мазкур китоб уч қисмдан иборат бўлиб, унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатнинг XXI асрга қадам қўйиши, янги аср стратегияси, сиёсий ва иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш, жамиятни эркинлаштириш, кадрлар тайёрлаш ва тинчликни таъминлаш масалалари бўйича қарашлари ва дастурий фикрлари ўз ифодасини топган.
-
Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари
Ушбу китобда муаллиф Ўзбекистоннинг XXI асрга қадам қўйиши, янги мустақил давлат сифатида ўз йўлини белгилаб олиши, хавфсизликка таҳдид солаётган муаммолар, барқарор ривожланиш кафолатлари ҳамда мамлакат олдида турган глобал ва минтақавий сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий вазифалар ҳақида мулоҳаза юритади. Китобда жамиятнинг барқарорлигини таъминлаш, миллий ўзликни англаш, минтақавий хавфсизликни сақлаш ва Ўзбекистоннинг халқаро майдондаги нуфузини ошириш масалалари таҳлил этилади.
-
Узбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд
Ушбу 13-жилдда Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2004 йил август ойидан 2005 йил июль ойигача бўлган даврдаги фаолияти акс эттирилган. Китобда Президентнинг Олий Мажлис палаталарида, халқаро анжуманлар ва тантанали маросимларда сўзлаган маърузалари, нутқлари ҳамда Андижон воқеалари муносабати билан ўтказилган матбуот анжуманларидаги баёнотлари ва журналистларнинг саволларига берган жавоблари ўрин олган.
-
ЎЗБЕК ХАЛҚИ ҲЕЧ ҚАЧОН, ҲЕЧ КИМГА ҚАРАМ БЎЛМАЙДИ
Ушбу тўпламдан Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг 2005 йил 12-13 май кунлари Андижон шаҳрида рўй берган воқеалар муносабати билан ўтказилган матбуот анжуманларидаги баёнотлари ва мухбирларнинг саволларига жавоблари ўрин олган. Шу билан бирга, давлатимиз раҳбарининг 2005 йил 25 май куни Хитой Халқ Республикасига давлат ташрифи билан жўнаб кетиш олдидан Тошкент аэропортида оммавий ахборот воситалари учун берган интервьюси эътиборингизга ҳавола этилмоқда.
-
Biznes qiymatini baholash
O‘quv qo‘llanma bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan. Qo‘llanmada biznes qiymatini baholashning tashkil qilish va yuritishning qonuniy, me’yoriy –huquqiy va nizomlarga mos nazariy, uslubiy va amaliy masalalari to‘liq yoritilgan. O‘quv qo‘llanma talabalar, magistrlar, iqtisodiy mutaxassislik o‘qituvchilari, malakali baholovchilar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazlar tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.
-
Ёшлар бугунги ва эртанги ҳаётимизнинг ҳал қилувчи кучидир
Мазкур тўплам Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг турли йиллардаги нутқ ва маърузалари асосида тайёрланган бўлиб, унда мамлакат ёшлари, уларнинг олдида турган мақсад ва вазифалар, юртни асраш ва тараққиётга ҳисса қўшиш каби муҳим ғоялар жамланган. Китоб ёш авлоднинг ҳаётимиздаги ўрни, уларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси ва келажагимиз пойдевори сифатидаги аҳамиятига бағишланган.
-
Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi
Ushbu mo'jaz to'plamda mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov asarlaridan saralab olingan ibratli fikrlar jamlangan. Ularda sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazishda sportning ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, ulug' ajdodlarimizga xos fazilatlar, buyuk tariximiz, bebaho ma’naviy merosimiz, dunyoda yagona bo'lgan ona O'zbekistonimiz mustaqilligini ko'z qorachig'idek asrash, uning yorug' kelajagi uchun kuch-g'ayrat va salohiyatini safarbar etish o'zini shu yurt farzandi degan har qaysi insonning muqaddas burchi ekani haqida so'z boradi. Bu to'plam Vatanimizga munosib farzand bo'lib, uning shuhratini jahonga tarannum etish orzusi bilan yashayotgan har bir yosh o'g'il-qiz uchun doimiy ma’naviy hamroh, o'ziga xos kundalik hayot qo'llanmasi, ezgu da’vat bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.
-
Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining 5-jildiga mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim voqealar, xalqaro miqyosda bo'lib o'tgan forum va sammitlarda so'zlangan nutq va ma'ruzalar, yurtimizda keng nishonlanib kelinayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, ommaviy tadbir va marosimlar munosabati bilan yo'llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
-
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l, milliy taraqqiyotimiz haqida atroflicha fikr yuritiladi. Kitob xalqimizni Yangi O‘zbekiston g‘oyasi atrofida yanada jipslashtirib, bu yo‘lda oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishga safarbar etishga xizmat qiladi.
-
Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi O'zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlari, mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish uchun belgilab olingan strategik yo'l, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Mazkur kitob xalqimizni Yangi O'zbekiston g'oyasi atrofida yanada jipslashtirib, bu yo'lda oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishga safarbar etishga xizmat qiladi.
-
Uzbekistan Along the Road of Deepening Economic Reform
This book describes the ongoing economic and socio-political transformations in independent Uzbekistan, detailing the theoretical and practical programs aimed at building a just society, a strong law-governed democratic state, and transitioning to a market economy based on universal social values and international experiences.
-
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza matni keltirilgan bo'lib, unda qonun ustuvorligi, inson manfaatlarini ta'minlash, yurt taraqqiyoti hamda xalq farovonligini oshirish masalalari yoritilgan.
-
O'ZBEKISTON XXI ASR BO'SAG'ASIDA: XAVFSIZLIKKA TAHDID, BARQARORLIK SHARTLARI VA TARAQQIYOT KAFOLATLARI
Mazkur asarda O'zbekistonning XXI asr bo'sag'asidagi rivojlanish yo'li, xavfsizlikka bo'lgan tahdidlar, barqarorlikni ta'minlash shartlari hamda mamlakat taraqqiyotining kafolatlari tahlil qilinadi. Asar zamonaviy dunyodagi geosiyosiy o'zgarishlar, yangi mustaqil davlatlarning o'z o'rnini belgilashdagi muammolari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur o'rganishga bag'ishlangan.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
Ushbu nashrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasi o‘rin olgan bo‘lib, unda mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda jamiyatni demokratik yangilash borasidagi maqsad va vazifalar bayon etilgan.
-
O'ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA
Mazkur kitob O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki oylarda olib borgan siyosiy-ijtimoiy faoliyatini yoritib beradi. Asarda 1989-1991-yillar mobaynida olib borilgan mashaqqatli kurashlar tarixi, xalqimizning mustaqillikka erishish yo'lidagi intilishlari va tarixiy jarayonlar aks ettirilgan bo'lib, kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.