-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Юрист (корхона юристлари учун амалий қўлланма)
Мазкур китоб, асосан, ўз фаолиятини эндигина бошлаган ёш ҳуқуқшунос мутахассислар учун мўлжалланган. Биламизки,корхона ва ташкилотлардаги юридик хизмат фаолияти,асосан,ушбу корхонанинг ҳуқуқий манфаатларини ҳимоя қилишдан иборатдир.
-
Soliqlar va soliqqa tortish (II qism)
Mazkur darslikda soliqlarning nazariy asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati yoritilib, asosiy e'tibor soliqlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi, soliqqa oid nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari, soliq elementlari, soliq tizimi va uning shaklanishi, soliq munosabatlari sub‘ektlarining huquqlari va majburiyatlari, soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog'liqligi, soliq ishini tashkil etish hamda xalqaro soliqqa tortish kabi masalalarga qaratilgan.
-
Умумий кимёвий технология
Кимё ва кимё-фармацевтика ва озиқ-овқат саноатлари учун муҳандис технологлар тайёрлашда "Умумий кимёвий технология" фани муҳим аҳамиятга эга. Бу фан мутахассисларда технологик дунё қарашни шакллантиради. Технологик жараёнларни яратиш ва маълум ишлаб чиқаришда уларни қўллаш учун кимёвий жараёнлар ва реакторларнинг назарий асосларини, ҳом-ашё ва қувватлардан оқилона фойдаланиш асосларини билиш зарур. Бу масалалар ечими атроф-муҳит ҳимояси билан мутаносиб олиб борилмоғи зарур. Ушбу дарсликда юқорида санаб ўтилган мавзулар кўрилган.
-
Солиқ тушумлари ҳисоби ва прогнози
Солиқ тушумлари ҳисоби ва прогнози фанининг солиқ соҳасида мутахассис кадрлар тайёрлашдаги ўрни, солиқ тўловчилари ва солиқ объектлари ҳамда солиқ тушумларининг статистик ҳисобини юритиш, солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг турли даражадаги бюджетларга келиб тушиш жараёнларини прогноз қилишнинг ўзига хос механизмлари ёритилган.
-
Yog'lar va moyli xom ashyolar kimyosi
Darslikda moyli xom ashyo turlari, moyli urug‘lar va mevalarning morfologik va anatomik tavsifi, tuzilishi va kimyoviy tarkibi, sifatiga qo'yiladigan talablar, lipidlar haqida asosiy tushunchalar, yog‘lar tarkibi bayon etilgan; yog‘larni ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar mohiyatini tushunish hamda texnologik jarayonlarning mexanizmini o‘rganish va ularni boshqarish uchun yog` kislotalarining va glitseridlarning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fizik va kimyoviy xossalari, yog‘larning buzilishi, termik o‘zgrishlari, yog‘larning hamroh moddalari, ularning xususiyatlari va ahamiyati, yog‘larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari izohlangan.
-
Конфликтология дар таълими ибтидой
Китоби дарсии мазкур аввалин адабиёти таълимие мебошад, ки дар ин самт аз рӯи барномаи кор курси фанни интихобӣ дар асоси барномаи намунавӣ тартиб дода шудааст, ки назария, технология ва амалияи раванди конфликтҳои педагогӣро дар таълими ибтидой тавсиф менамояд. Китоби дарсӣ бо дарназардошти талаботи низоми таълими кредитӣ-модулӣ тартиб дода шуда, технологияҳои самараноки педагогиро пешниҳод менамояд.Китоби дарсӣ барои донишҷӯён, профессорону муаллимон, мутахассисон, омӯзгорони амалкунанда дар синфҳои ибтидоӣ ва ҳар касе, ки ба мушкилоти таълими ибтидоӣ таваҷҷӯҳ дорад, пешбинӣ шудааст.
-
Микроиқтисодиёт
Ушбу дарсликнинг асосини муаллифлар томонидан Иқтисодиёт университетида микроиқтисодиёт фанидан ўқитилаётган маърузалари ташкил этган. Дарсликда замонавий ик,тисодиётнинг назарий ва амалий томонлари ёритилган. Хар бир боб учун таянч иборалар, такрорлаш учун саволлар х,амда мавзулар буйича бир к,атор масалалар ва уларнинг ечимлари келтирилган.
-
Marketing asoslari
Mazkur darslikda marketing asoslarining asosiy holatlari yoritilgan. Marketingni ijtimoiy iqtisodiy asoslari batafsil bayon etilgan. Uning rivojlanish evolyusiyasi, konsepsiyalari, funksiyalari, vazifalari va turlari yozilgan. Marketing faoliyatini axborot ta’minoti va marketing tizimi savollari muhokama etilgan. Marketing faoliyatini rejalashtirish, talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish masalalariga katta e’tibor berilgan. Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish masalalari, shuningdek, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari, raqobat va raqobatbardoshlik masalalari keng bayon etilgan. SHuningdek, darslikning har bir mavzusi bo‘yicha nazorat savollari, testlar va glossariy berilgan.
-
Педагогика
Ушбу китобда тарбия, таълим ҳамда маълумот беришнинг назарий ва амалий жиҳатларини ўрганувчи фанлар мажмуаси. Педагогика институтлари ва айрим бошқа ўқув юртларида мутахассислик дастури асосида ўрганиладиган ўқув предмети ҳам П. деб юритилади. Педагогика фан сифатида бола тарбиясининг назарий асослари билан шуғулланган. Замонавий педагоглар болалар билан биргаликда катталарнинг ҳам ўқув-тарбиявий, маданий ҳамда маънавий-маърифий тарбияси билан шуғулланишни кўзда тутади.
-
Mehnat va bandlik sotsiologiyasi
Mazkur darslik mehnat va bandlik sotsiologiyasining asosiy tushunchalari, nazariyalari ham da ilmiy metodlariga bag‘ishlangan. Kitobda mehnat sohasidagi ijtimoiy jarayonlar, bandlikning shakllari, mehnat munosabatlari va ularning jamiyat rivojlanishiga ta'siri atroflicha tahlil qilinadi.
-
Hayvonot bogʻlari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. II jild
Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bogʻlari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq sohalarni qamrab olib, hayvonot bogʻlari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali boʻlishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bogʻlari faoliyati va hayvonlarni koʻpaytirish dasturlariga oid keng koʻlamli misollar ham keltirilgan. Xorijiy oʻquv adabiyoti professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning oʻquv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy oʻquv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. I jild
Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bogʻlari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bogʻlari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali boʻlishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bogʻlari faoliyati va hayvonlarni koʻpaytirish dasturlariga oid keng koʻlamli misollar ham keltirilgan. Xorijiy oʻquv adabiyoti professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning oʻquv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy oʻquv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
“Ijtimoiy ishga kirish” nomli mazkur darslik 60920100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy ish kasbining nazariy asoslari, mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari tizimli hamda ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Darslikda ijtimoiy ish fanining shakllanish va rivojlanish jarayonlari, uning asosiy tushunchalari, tamoyillari, metodlari va texnologiyalari izchil tarzda bayon etilgan.Shuningdek, unda ijtimoiy ishning turli sohalarda, xususan, oila, bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib boriladigan faoliyatining o‘ziga xos jihatlari keng yoritilgan.
-
Moliyaviy buxgalteriya hisobi II jild
Robert Libbi, Patrisia Libbi va Frenk Hoj muallifligidagi «Moliyaviy buxgalteriya hisobi» kitobining o'n birinchi nashrida talabalarni moliyaviy hisobni oʻrganishga jalb qiluvchi amaliy jihatlar va innovatsion pedagogik yondashuvlarga urg'u berilgan. Darslikda tranzaksiyalarni bosqichma-bosqich tahlil qilish usuli va nazariy tushunchalarni amaliy qoʻllash uchun vaziyatni oʻrganish usulidan foydalaniladi. Ushbu nashr talabalarni moliyaviy buxgalteriya sohasining texnik va strategik jihatlarini tushuntirishga qaratilgan. Mazkur xorijiy oʻquv adabiyoti professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning oʻquv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Konchilik muhandisligi faniga kirish I jild
"Konchilik muhandisligi faniga kirish" miqdoriy va raqamli yondashuvlarnibirlashtirgan konchilik boʻyicha muhim darslikdir. Unda togʻ-kon dasturlari batafsil yoritilgan, alohida mavzular aniq va har tomonlama chuqur tahlil qilingan, shuningdek, sohaga oid misollar va muammolar keltirilgan. Dastlabki boblar foydali qazilmalarni qazib olishning to'rt bosqichi (qidirish, razvedka qilish, ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish) va asosiy texnologik operatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Keyingi boblar yerusti va yerosti konlari sohalarini qamrab oladi. Kitob yangi usullarni oʻz ichiga olgan, shu bilan birga amaliy misollar, individual muammolarga javoblar, bibliografiya va havolalar taqdim etilgan. Talabalarga qulaylik tugʻdirish maqsadida kitobda ingliz va metrik oʻlchov birliklaridan foydalanilgan.
-
Inson resurslarini boshqarish. II jild
"Inson resurslarini boshqarish” darsligi sizni menejer uchun zarur boʻlgan vosita va koʻnikmalar bilan tanishtiradi. Kitobda amaliy yondashuvdan foydalanilgan holda, inqilobiy yangi texnologiyalar va ijtimoiy media platformalarining joriy etilishi hamda soha evolyutsiyasi oʻrganiladi. Qoʻlingizdagi 17-nashrda rivojlanayotgan sanoat tendensiyalariga va texnologiyaning inson resurslariga ijobiy ta'siriga alohida e'tibor qaratilib, shu bilan birga 21-asrda menejerlar va inson resurslari boʻyicha mutaxassislar samarali faoliyat yuritishi uchun kerak boʻlgan barcha mavzular atroflicha qamrab olinadi.