-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Картошкачилик
Дарсликда картошкани жаҳоннинг асосий минтақаларида тарқалиши ва халқ хўжалигидаги аҳамияти баён этилган, Ўзбекистонда картошкачиликнинг ҳолати, муаммолари ва ривожланиш истиқболлари ёритилган. Шунингдек, картошканинг биологик хусусиятлари, етиштириш технологияси, уруғчилиги ва сақлаш жараёнлари батафсил баён қилинган.
-
Meteorologik hisoblashlar
O‘quv qo‘llanmada meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning umumiy masalalari bayon qilingan. Ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy statistik, obyektiv va to‘rt o‘lchovli usullari hamda ularni obyektiv nazorat qilish usullari havola qilingan.
-
Sinoptik va kosmik meteorologiya
O‘quv qo‘llanmada sinoptik va kosmik meteorologiyaning asosiy bo‘limlari aks ettirilgan. Kitobda sinoptik va kosmik meteorologiya fanining nazariy savollari, sinoptik tahlilning asosiy amaliy usullari bayon qilingan.
-
Gidrometriya
Darslikda gidrometriya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va xalq xo'jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, suv obyektlarida kuzatish va o'lchash ishlari, gidrologik stansiyalar hamda postlarni tashkil etish usullari bayon etilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi (1-qisim)
Mazkur o‘quv qo‘llanmada jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining umumiy asoslari, shaxs shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni, mutaxassislar faoliyatining pedagogik jihatlari, didaktika, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim tamoyillari hamda ta’lim metodlariga oid nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.
-
Geodeziya (I va II qism)
O'quv qo'llanma «Geodeziya va geoinformatika» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, masofaviy ta'limdan o'qiydigan talabalar, geologiya, geografiya va landshaft dizayn yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavrlar hamda sohada ishlaydigan muhandis-texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.
-
Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma "Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik" fanidan Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, gidrologiyaning asosiy mavzulari, iqlimshunoslik hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish masalalariga bag'ishlangan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
Ushbu darslik O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport faoliyati va jismoniy madaniyat bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining nazariy va amaliy asoslarini o'z ichiga oladi. Darslik bo'lajak mutaxassislarga pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Gidrologiyaga kirish
Ushbu “Gidrologiyaga kirish” darsligi shu fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, fanning shakllanish va rivojlanishi tarixi, tadqiqot usullari, suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari, gidrosfera, tabiatda suvning aylanishi va boshqa asosiy mavzularni o'z ichiga oladi. Darslik “Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)” ta’lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan turdosh yo'nalish talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
DARYOLAR GIDROLOGIYASI
Mazkur o'quv qo'llanma "Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)" bakalavriatura yo'nalishida o'qitiladigan "Daryolar gidrologiyasi" fani dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, tabiatda suvning aylanishi, daryolar morfologiyasi va morfometriyasi, oqimining hosil bo'lishi va suv rejimi kabi masalalarni yoritadi.
-
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанидан ўқув қўлланма
Ушбу ўқув қўлланмада ҳаёт фаолияти хавфсизлиги тушунчаси, Ўзбекистонда ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг ҳуқуқий асослари, меҳнатни муҳофаза қилиш ва фавқулодда вазиятлар фуқароларни муҳофаза қилиш, ёнғин хавфсизлиги ва тиббий биринчи ёрдам кўрсатиш йўллари ҳақида маълумотлар келтириб ўтилган. Қўлланма барча таълим йўналишларидаги бакалаврлар учун мўлжалланган.
-
Gigiyena. Tibbiy ekologiya
O'quv adabiyotida atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sir xususiyatlarini o‘rganish, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish, dam olish va davolash masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar keltirilgan.
-
FIZIKA VA AGROMETEOROLOGIYA (Agrometeorologiya)
Mazkur darslik qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari agronomiya fakultetlari va gidrometeorologiya yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, agrometeorologiya fanining nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Kitobda ob-havo, iqlim, tuproq-iqlim sharoitlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari va ishlab chiqarish jarayonlariga ta'siri, shuningdek, agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazish usullari bayon etilgan.
-
Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Darslikda don, un, yorma, omixta yem, non, makaron, qandolatchilik, moy va yog'lar, qand, go'sht, sut, pivo va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi ilmiy asoslari bayon etilgan hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyo va materiallarning tavsifi keltirilgan.
-
Гидрология асослари
Ушбу дарслик \"Умумий гидрология\" фани дастури асосида yozilgan бўлиб, унда гидросфера ва унинг таркибий қисмлари — дарёлар, кўллар, сув омборлари, музликлар, ер ости сувлари, уларнинг ўзига хос хусусиятлари, ўзаро ва атроф табиий муҳит билан таъсирлари натиjasида рўй берадиган ҳодисалар қонуниятлари ёритилган. Дарсликдан олий ўқуv юртларининг география, гидрометеорология, экология ва турдош йўналишлари талабалари ҳамда илмий ходимлар фойдаланишлари мумкин.
-
Gidravlikadan amaliy mashg‘ulotlar
Uslubiy qo‘llanma gidrometeorologiya va gidrologiya yo‘nalishlari bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Umumiy va maxsus gidravlika” hamda “Gidravlika” fanlari dasturlari asosida tayyorlangan. Unda suyuqliklarning asosiy fizik xususiyatlari, gidrostatik bosim, bosim kuchini hisoblash, quvurlar va kanallarni gidravlik hisoblashlar kabi mavzularga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.