-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport ixtisoslashgan ta'lim muassasalari o'qituvchi-yoshlariga, shuningdek ushbu soha o'qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-basketbolchilariga mo'ljallangan. Kitobda basketbol bo'yicha sport-pedagogik mahoratni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik va zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar yoritilgan.
-
Yengil atletikani o’rgatish metodikasi
Mazkur o’quv qo’llanma yengil atletika bo’yicha zamonaviy adabiyotlar, Jahon yengil atletikasi (WA) ning musobaqa qoidalari, hujjatlari va yengil atletika sohasida amaliy tajribalar asosida yaratilgan. Unda engil atletikaning rivojlanish tarixi, nazariy asoslari, turlarining tasniflanishi, turlar texnikasiga o’rgatish uslubiyati va musobaqa qoidalari keng yoritib berilgan.
-
Buxoro toponimikasi
Darslikda Buxoro shahri va viloyati tumanlarining qisqacha tarixi, voha tarixiy toponimlarining shakllanishi, etimologik va ijtimoiy ma’nolari, fonetik oʻzgarishlarga uchrashi kabi masalalar har bir tuman, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini kesimida alohida berilgan. Ushbu darslik Buxoro davlat universiteti Tarix va Buxoro tarixi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, tarixchi, filolog, geograf, oʻlkashunos va tadqiqotchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Geomorfologiya va geologiya asoslari
Mazkur darslik geomorfologiya va geologiyaning nazariy asoslariga bag'ishlangan bo'lib, faning ob'yekti, vazifalari, shakllanishi va rivojlanish tarixi, rel'yef tushunchasi, shakli, yoshi hamda endogen va ekzogen jarayonlar haqida so'z yuritadi. Kitobda Yerning ichki tuzilishi, geoxronologiya, mineral va tog' jinslari tarkibi, shuningdek daryolar, muzliklar, karst, shamol va arid iqlimli o'lkalar geologik faoliyatining rel'yef hosil qilishdagi roli batafsil yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlar
-
Umumiy tabiiy geografiya
Mazkur darslik "Umumiy tabiiy geografiya" fanidan 5140600-Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Tabiiy geografiya" kafedrasida tayyorlangan. Darslikda geografik qobiqning rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera haqida umumiy ma'lumotlar berilgan.
-
Biogeografiya
Ushbu darslik 60710400 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda biogeografiyaning geografiya va biologiya fanlari tizimidagi o‘rni, tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari va hozirgi zamon muammolari ko‘rib chiqilgan. Yer yuzasida hayotning kelib chiqishi, rivojlanishi va tarqalishi, ekologik omillar, tirik organizmlarning hayotiy shakllari, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining kelib chiqish markazlari haqida ma
-
География фанининг асосий муаммолари
Mazkur o'quv qo'llanmada kompleks geografiyaga tegishli bo'lgan bir necha долзарб муаммолар, geografik qonuniyatlar va ilmiy-uslubiy asoslar yoritilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlari geografiya ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
Geografiya o‘qitish metodikasi
Ushbu darslikda bo‘lg‘usi geografiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan geografiya o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o‘qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlar berilgan. Darslik 5110500 - “Geografiya o‘qitish metodikasi”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishlari talabalari va geografiya fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.
-
LANDSHAFTSHUNOSLIK
Mazkur oʻquv qoʻllanmada “Landshaftshunoslik” faniga oid nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan. Unda landshaftlarning morfologik tuzilishi, komponentlari, dinamikasi, barqarorligi, faoliyati, ularga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
TUPROQ GЕOGRAFIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproqlarning geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
-
AMALIY GEOGRAFIYA
Mazkur o'quv qo'llanmada amaliy geografiyaning nazariy va uslubiy asoslari, maqsadi, obyekti va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, geografik bilimlardan amaliyotda, xususan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, landshaft va muhandislik-geografik tadqiqotlarni o'tkazishda foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Biogeografiya
Darslikda biogeografiya fanining o'rganish obyekti, predmeti va maqsad vazifalari keltirilgan. Shuningdek, fanning rivojlanish bosqichlari, Yer shari o'simlik va hayvonlarining asosiy guruhlari, hayot dunyosining paydo bo'lishi kabilar yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining 60530400 – Geografiya yo'nalishi talabalariga hamda boshqa aloqador fanlar sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Geoekologiya va landshaft ekologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada geoekologiya va landshaft ekologiyasining fundamental va ilmiy-amaliy fan sifatidagi asoslari, tadqiqot usullari, rivojlanish xususiyatlari hamda nazariy-metodologik masalalari yoritilgan. Shuningdek, landshaftlardagi geofizik va geokimyoviy jarayonlar, tabiiy muhitning antropogen ta'sirida o'zgarishi va geoekologik muammolar tahlil qilingan. Kitob oliy o'quv yurtlarining geografiya yo'nalishi talabalari va sohaga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Geografiya ta’limi metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan DTS talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, 5110500 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va 5140600 - Geografiya yo‘nalishlari o‘quv rejasidan o‘rin olgan “Geografiya o‘qitish metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlandi. Unda geografiya ta’limi metodikasi fanining nazariy masalalari va tarixi, maqsad va vazifalari, geografiya o‘qituvchisi va uning kompetensiyasi, xorijiy davlatlarda geografiya ta’limi, ta’lim metodlari va