-
Мевали ва ёнғоқ мевали дарахтлар, цитрус, резавор мевали буталар ҳамда ток касалликлари ва уларга қарши кураш
Ўзбек тилида илк бор чоп этилаётган ушбу ўқув қўлланмада боғларда, токзорларда учрайдиган уруғли, данакли, ёнғоқ мевали дарахтлар, цитрус ва резавор мевали буталар ҳамда ток касалликларининг ташқи белгилари, уларнинг кенг тарқалиши ва ривожланишига сабаб бўлувчи омиллар, ҳосилга таъсири, қўзғатувчиларнинг ташхислари ва касалликларга қарши кураш чоралари баён этилган.
-
Тупроқлар деградацияси
Мазкур ўқуv қўлланма олий таълим муассасаларининг тупроқшунослик, экология ва атроф-муҳит муҳофазаси бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари учун мўлжалланган. Қўлланмада тупроқ деградацияси турлари, унинг омиллари, тупроқларни механик, физик ва кимёвий бузилиши, ифлосланиши ҳамда детоксикацияси каби долзарб масалалар ёритилган.
-
Tuproqlar rekultivatsiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma
Uslubiy qo‘llanmada “Tuproqlar rekultivatsiya” fani bo‘yicha bajariladigan laboratoriya ishlarining mazmuni, turlari, kimyoviy moddalarni aniqlash metodlari, tuproqlarni analizga tayyorlash va turli texnogen buzilgan tuproqlarda umumiy azot, fosfor, kaliy miqdorini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Qo‘llanma 5A141001 - Tuproqshunoslik magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Мелиоратив тупроқшунослик
Дарслик янги давлат стандарти ва намунавий дастур асоasida яратилган бўлиб, мелиоратив тупроқшунослик фани, унинг тарихи, мақсади, вазифалари, шунингдек шўрланган, эрозияланган ва бошқа ноқулай хоссаларга эга тупроқларнинг келиб чиқиши ҳамда уларнинг мелиорациясига қаратилган тадбирларни кенг ёритади. Қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртлари талабалари ва соҳа мутахассислари учун мўлжалланган.
-
Meliorativ tuproqshunoslik
Darslik bakalavriatning Irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasining Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, subarid va arid mintaqada tarqalgan meliorativ holati qoniqarsiz tuproqlarga oid nazariy va amaliy tushunchalarni yoritadi.
-
Эрозияшунослик
Ушбу дарсликда тупроқ эрозиясини келиб чиқиш сабабалари ва уларни халқ хўжалигига келтирадиган зарарлари, ер юзасидаги сув ва шамол эрозиясини географик тарқалиш қонуниятлари, уларни тупроқнинг морфогенетик, кимёвий, агрокимёвий, агрофизик, сув-физик, микробиологик ва унумдорлигига таъсири ва атроф муҳитни - экологик шароитларини ёмонлашув механизмлари ёритилиб берилган.
-
Аллювиал тупроқлар физикаси
Mazkur darslikda mahalliy sharoitni hisobga olgan holda O'rta Osiyoda, ayniqsa, O'zbekistonda tarqalgan tuproqlarning fizik va suv fizik характеристикаси баён этилган. Shuningdek, tuproq fizikasi fanining tarixi, tuproqning qattiq va suyuq qismi fizikasi hamda qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar yoritilgan.
-
ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ
Дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларида агрокимё ва агротупроқшунослик таълим йўналиши бўйича таҳсил олаётган талабалар учун мўлжалланган бўлиб, шунингдек, ундан магистрлар, катта илмий ходим изланувчилар, мустақил тадқиқотчилар ва соҳа мутахассислари фойдаланишлари мумкин. Дарслик 6 бўлимдан иборат бўлиб, уларда тупроқнинг қаттиқ, суюқ ва газсимон қисмларининг физикаси, иссиқлик режими, электрофизика ва атом физикасига оид маълумотлар батафсил ёритилган.
-
Тупроқ физикаси фанидан амалий машғулотлар бўйича услубий қўлланма
Mazkur uslubiy qo'llanma Toshkent davlat agrar universitetining talabalari uchun “Tuproq fizikasi” fanidan o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan bo'lib, tuproqning mexanik tarkibini aniqlash, solishtirma massasi, g'ovakligi va boshqa fizik-mexanik xossalarini o'rganish usullarini o'z ichiga oladi.
-
TUPROQSHUNOSLIK
Darslik qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlari agronomiya bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda tuproqshunoslik fanining nazariy asoslari, tuproq hosil qiluvchi omillar, tuproqning tarkibi, xossalari, unumdorligi hamda O'zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproq tiplari, ularning genezisi, klassifikatsiyasi va geografiyasi batafsil bayon etilgan.
-
Tuproqshunoslik fanidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu o’quv qo’llanma tuproqning eng muhim fizikaviy, fizik-mexanikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish, ularni aniqlashga oid ma’lumotlar hamda laboratoriya mashg’ulotlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada tuproqni dalada tekshirish metodikasi, tuproqlar geografiyasi, tuproq eroziyasi va tuproqni bonitirovkalash masalalari yoritilgan.
-
Astrophysical Techniques
Astrophysical Techniques is a comprehensive reference book written by C. R. Kitchin, focusing on the various methods, instruments, and detectors used in astronomy and astrophysics. The seventh edition covers optical detection, radio and microwave detection, X-ray and gamma-ray detection, cosmic ray detectors, neutrino detectors, gravitational radiation, and dark matter detection. It serves as an essential resource for students and researchers in the field of astrophysics.
-
Amaliy va umumiy astrofizika. I qism
Ushbu darslik respublikamiz universitetlarining “astronomiya” va “fizika” bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, olti bobdan iborat. Darslikda asosiy astrofizik teleskoplar, ularning zamonaviy turlari va yordamchi vositalari, qabul qilgichlar hamda amaliy astrofizikaning tadqiqot usullari yoritilgan.
-
Mаshinа vа mexаnizmlаr dinаmikаsi
Ushbu o'quv qo'llanma “Mashina va mexanizmlar dinamikasi” fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlarining 5A320302 – “Mashinashunoslik” ta'lim mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Nazariy mexanika
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika institutlari uchun nazariy mexanika bo'yicha belgilangan programma asosida yozilgan. Unda kinematika, statika, dinamika va analitik mexanikaning asosiy tushunchalari, qonun-qoidalari bayon etilgan va ularga doir misol-masalalar yechilgan.
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining mashinasozlik yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslari, mexanik ishlov berishda xatoliklar va ularni hisoblash usullari, texnologik tizimning aniqligi va unumdorlikka ta'siri, bazalash nazariyasi hamda tejamli texnologik jarayonlarni loyihalash masalalarini o'z ichiga oladi.