-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Gandbol
Mаzkur dаrslik O’zDJTI vа jismоniy tаrbiya fаkultеtlаridа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, shu fаn mutахаssislаrini tаyyorlаsh dаsturigа muvоfiq tаyyorlаngаn.Dаrslikni yozishdа O’zbеkistоn Dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti futbоl vа qo’l to’pi kаfеdrаsining ish tаjribаlаri,O’zbеkistоn vа bоshqа mаmlаkаtlаr gаndbоl bo’yichа mutахаssislаrining qo’llаnmаlаri аsоs qilib оlindi.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o'qitish metodikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko'rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Жисмоний тарбияда педагогик техналогиялар
Ўқув қўлланма жисмоний тарбия институти ва педагогика университетларининг магистрлари учун мўлжалланган. Кадрлар тайёрлаш миллий дастурида, илғор педагогик технологияларни ўрганиб, уларни ўқув муассасаларимизга олиб кириш зарурлиги уқтирилган.
-
Pedagogik mahorat
Darslik bo'lajak o'qituvchilarda yuqori darajadagi kasbiy pedagogik tayyorgarlikni, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat, pedagogik qobiliyat va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan didaktik materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti, «Pedagogik mahorat» fanining namunaviy dasturi asosida bakalavriat bosqichi Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallab yaratildi.
-
Eksperimentni rejalashtirish va statistik tahlil
Kitobda fanning mamlakatimiz texnik - iqtisodiy rivojlanishdagi tutgan o`rni, uning asosiy tushuncha va ta`riflari, eksperimental natijalarning statistik tavsiflari, nazariy va empirik taqsimot funksiyalari, taqsimot gistogrammasi va poligonini qurish usullari, tasodifiy hodisalarning nazariy taqsimot qonunlari, tajriba natijalarning statistik tahlili, statistik gipotezalarni tekshirish yo`llari, hodisalar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar to`g`risida yetarli ma`lumotlar berilgan. Shuningdek, korrelyatsion, dispersion va regession tahlili asoslari, tajriba ma`lumotlariga ishlov berishning turli metodlari, massaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi, prognoz qilish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish, rasmiylashtirish va hisobot tayyorlash haqidagi masalalar to`la yoritilgan.
-
Алгебра ва анализ асослари 2-қисм
Техникумлар учун математика "Алгебра ва анализ асослари" 2-қисм дарслик. Унда детерминантлар ва чизиқли тенгламалар системалари, комплекс сонлар, аниқмас интеграл,аниқ интеграл, аниқ интегралнинг татбиқлари, комбинаторика ва бином даража учун Ньютон формуласи, эҳтимоллар назарияси элементлари, дифференциал тенгламалар,сонли ва даражали қаторлар каби мавзулар ҳақида маълумотлар ва мисол-масалалар келтирилган.
-
Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi. 2-qism
Darslikda transport vositalarining ekspluatatsiya sharoitlari, transport vositalaridan o`g`ir tabiiy-iqlim sharoitida foydalanish, transport vositalarining ishonchliligi, yoqilg`i tejamkorlgi, ekologik ko`rsatkichlari batafsil yoritilgan. Qolaversa, transport vositalariga Texnik xizmat ko`rsatish tizimi (kundalik xizmat, mavsumiy xizmat ko`rsatish, diagnostika ishlari va proftilaktik tadbirlar) nosozliklar va ularning bartaraf etish jarayonlari nazariy tarzda hamda chizma va komponovkalar bilan to`liq yoritib berilgan. Bunda avtomobil, agregat, mexanizm va tizimlarining asosiy qismlarining nosozliklari va ularning kelib chiqish sabablari bayon qilingan. Shuningdek transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari haqida nazariy va amaliy bilimlar berilgan. "Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi" nomli darslik mazkur nomdagi fan dasturiga asosan yozilgan bo`lib, oliy o`quv yurtlarining 61040200- "Yo`l harakati tashkil etish" bakalavr ta`lim yo`nilishlaridagi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
Физикавий кимё
Дарсликда кимёвий термодинамика, статистик термодинамика, номувозанат жараёнлар термодинамикаси, гомоген ва гетероген мувозанатлар, кимёвий кинетика ва катализ, эритмалар ҳақидаги таълимот ва электрокимё бўлимлари баён этилган. Ушбу дарслик университетларнинг кимё факултетларига физикавий кимё бўйича мўлжалланган ўқув дастурларига мос келади, унинг ҳар бир боби фаннинг тугалланган мустақил қисмини ташкил қилади ва алоҳида маърузанинг мавзуси бўлиши мумкин.Дарслик университетларнинг кимё факультетлари учун мўлжалланган бўлиб, ундан кимё-технология институтларининг талабалари ҳамда аспирантлар, илмий ходимлар ва ўқитувчилар ҳам фойдаланса бўлади.
-
Marketing
Ushbu darslikda marketuigning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, fimksiyalari, vazifalari va turlari, marketing tadqiqotlar va axborot tizimi, marketing tizimi, strategik marketing, talabni qondirishni tadqiq qilish va prognoz qilisb, bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish, raqobatli strategiyalar, tovar, naix, sotish va kommimikatsiya siyosatlari, intelektiv marketing kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgao.
-
Marketing
Ushbu darslikda marketuigning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, fimksiyalari, vazifalari va turlari, marketing tadqiqotlan va axborot tizimi, marketing tizimi, strategik marketing, talabni qondirishni tadqiq qilish va prognoz qilisb, bozor segmentasiyasi va tovami bozorda pozitsiyalashtirish, raqobatli strategiyalar, tovar, naix, sotish va kommimikatsiya siyosatlari, mteraktiv marketing kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgao.
-
Psixologiya
Mazkur darslik psixologiya faniga bag‘ishlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining tibbiyot yo‘nalishlari dasturida ko‘zda tutilgan talablarga moslab tuzilgan. Unda diqqat, xotira, fikrlash kabi bilish jarayonlaridan tortib, shaxsning rivojlanishi, motivatsiya, his-tuyg‘ular, shaxslararo munosabatlar va tibbiy amaliyotda uchraydigan asosiy psixologik muammolar yoritilgan. Darslik nafaqat talabalar, balki psixologiyani o‘rganishga qiziquvchi barcha keng doiradagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Maqsad -psixologiya fanini tibbiyot sohasi bilan bog‘lab, uni oddiy, tushunarli va klinik amaliyotdagi misollar bilan ta'minlab, uni kasbiy faoliyatda samarali qo‘llash imkoniyatini berishdir.
-
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi
Mazkur darslik boshlang’ich ta’lim bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u o’z ichiga ikkita – boshlang’ich ta’lim pedagogikasi nazariyasi va boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi modullarini qamrab olgan. Darslik boshlang’ich ta’lim bakalavriat yo’nalishi DTS, o’quv reja va o’quv dasturlari asosida yozilgan.
-
Fizik va kolloid kimyo
Ushbu darslik bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish-texnik soha; ta'lim sohasi: 320000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari; ta'lim yo'nalishlari: 5320400 – Kimyoviy texnologiya (to'qimachilik sanoati), 5320400 – Kimyoviy texnologiya (qog'oz sanoati) 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (teri va mo'ynaga ishlov berish) uchun “Fizik va kolloid kimyo” fan dasturi asosida tayyorlangan. Undan texnika oliy o'quv yurtlarining boshqa akalavriat yo'nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. Darslik 7 o'limdan iborat bo'lib, modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika qonunlari, eritmalar to'g'risida ta'limot, elektrokimyo, kimyoviy kinetika va kataliz, dispers istemalar va sirt hodisalarning turlari, olinishi, molekulyar-kinetik, optik, adsorbsion, elektrokinetik xossalari, barqarorligi bo'yicha nazariy materiallarni o'z ichiga oladi.
-
Tizimli tahlil asoslari
Ushbu darslikda tizimli tahlil asoslari bayon etilgan. Tizimli yon-dashuv metodologiyasi, matematik modellashtirish asoslari, alternativ to'plamlardan tanlab olish masalalarini yechish uchun, optimallashti-rish masalalarini dinamik dasturlash usuli yordamida yechish uchun misollar ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari tizimli g'oyalarning yuzaga kelish tarixi ko'rib chiqiladi hamda tizimlar nazariyasining asosiy tu-shunchalari aniqlanadi va tizimli tahlilning mohiyati, uning texnologi-yasi ko'rib chiqiladi. Ushbu darslikning maqsadi tizimli tahlil texnologiyalarining amaliy va nazariy asoslarini ifodalashga qaratilgan. «Tizimli tahlil asoslari» nomli darslik talabalar, o'qituvchilar va doktorantlar, shuningdek tizimli uslubiyot masalalari bilan qiziqadigan barcha shaxslar tomonidan qo'llanilishi mumkin.
-
Современный русский язык с основами языкознания
Учебник содержит основные теоретические сведения по курсу синтаксиса современного русского языка, а также теоретические вопросы и практические задания по каждой теме, предназначенные для развития умений и навыков синтаксического анализа. Для студентов филологических факультетов высших учебных заведений Республики Узбекистан.
-
Robototexnika asoslari
Ushbu darslik Robototexnika asoslari fanining asosiy tushunchalari, zamonaviy dunyoda robotlarning o'rni, robototexnik qurilmalar, svetodiodlar, oddiy motorlar, servo motorlar, driver motorlari bilan ishlash, mikrokontrollerlarni o'rganish, display qurilmalari, arduinov va uni kompyuter bilan bog'lash, Arduino asosida harakanlanuvchi platformalar, sensor yordamida harakanlanuvchi mashina, ovoz yordamida harakatlanuvchi mashina, masofadan turib boshqariladigan mashina yig'ish va dasturlash, Arduino asosida yig'ilgan mehanizmga dasuriy ta'minot o'rnatish va ulardan amaliyotda foydalanish ko'nikmalarini hosil qilishga